
Siyosat
Xitoyning China Eastern Airlines aviakompaniyasi ilk bor Oʻzbekistonga kirib keldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aviakompaniya Sian – Toshkent – Sian yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻyadi. 16-iyul soat 14:50 da birinchi reys Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.
Bortida 137 nafar yoʻlovchi boʻlgan samolyot, anʻanaga koʻra, suv arkasi bilan kutib olindi, deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.
Mazkur yoʻnalishda haftasiga uch marta – dushanba, chorshanba va juma kunlari Airbus A320 samolyotlarida parvozlar amalga oshiriladi. Uchish vaqti taxminan 4,5 soatni tashkil qiladi.
Vazirlikning taʻkidlashicha, bugungi kunda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida yoʻlovchi tashish boʻyicha haftasiga 46 ta muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil avgust oyi oxirigacha yana 11 ta reys qoʻshilishi, yil yakuniga qadar haftalik aviaqatnovlar soni 60 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Xitoy Oʻzbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilgan – oʻzbekistonliklar1-iyundan boshlab mamlakatga vizasiz safar qilishi mumkin. Bunda muddat 30 kundan oshmasligi lozim. Vizasiz rejim oʻqish, mehnat va media faoliyati bilan shugʻullanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q