Qirgʻiziston noqonuniy migranlarning mamlakatga qayta kirishini cheklamoqchi

Saqlash
14:30 / 16.07.2025 73 0

8-iyul kuni Qirgʻiziston Vazirlar mahkamasi raisi oʻrinbosari, Milliy xavfsizlik qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Oʻsh viloyatiga tashrif buyurib, noqonuniy migratsiyaga chora qoʻllash masalasini ham koʻrib chiqdi. Bu haqda Report.kg xabar berdi.

 

Chegara xodimlari qayd etishicha, “Dostuk” nazorat punktidan har kuni 20 mingga yaqin odam oʻtadi. Ertalabki oqim Qirgʻizistonga yoʻnaladi, kechki payt boʻlsa fuqarolar Oʻzbekistonga qaytadi. Tashiyev nega bunday boʻlishiga qiziqdi:

 

“Yaʼni ular ertalab kelib, kechasi ketadimi? Ular kechgacha ishlab yana qaytib ketadimi? Ular faqat bir kun ishlaydimi?”,

 

Podpolkovnik Ismanaliyev Oʻzbekistondan keluvchilar orasida ishlash uchun kelganlar va mehmon sifatida tashrif buyuruvchilar ham bor ekanini qoʻshimcha qildi.

 

Unga javoban Tashiyev Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining Oʻsh shahri va Oʻsh viloyati rahbari Daniyel Risaliyevga noqonuniy migratsiya masalalari boʻyicha nazorat oʻtkazishga koʻrsatma berdi.

 

Ismanaliyev shuningdek, oʻzbekistonliklar Qirgʻizistonda 60 kungacha qolishi mumkinligi, shundan keyin mamlakatni tark etishi kerakligini bildirdi. Bunda ular kelganidan soʻng 5 kun ichida roʻyxatdan oʻtishi zarur.

 

Tashiyev qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishni buyurdi.

 

“Kelaverishsin, buni yomon joyi yoʻq. Oʻzbekiston bizning qoʻshnimiz. Oʻrtamizda doʻstona munosabat boʻlishi kerak. Biroq hamma narsa qonuniy boʻlishi kerak” — deydi u.

 

Tashiyev shuningdek, qoidabuzarlik uchun jarima solish chorasi haqida ham soʻradi. Chegara xizmati xodimlari Oʻzbekiston fuqarolari chegarani viza bilan kesib oʻtishini aytdi. Unga koʻra, viza vaqti oʻtib ketganlar jarimaga tortiladi. Bu holat har kuni 10 tadan 15 tagacha qayd etiladi.

 

Ismanaliyev Qirgʻiziston qonunlarini buzganlarga mamlakatga kirishni taqiqlash chorasini koʻrib chiqish topshirigʻini berdi.

 

“Balki, Vazirlar mahkamasining koʻrsatma yoki qarori talab etilar. Agar viza rejimi buzilgan boʻlsa, qoidabuzarlarni qaytib kiritmaslik kerak. Bu qoidabuzarliklar sonini kamaytirishga yordam beradi”, deydi u.

 

Tashiyev bu masalani joriy yilning iyul oyi yakunigacha hal qilishni aytdi.

 

Qirgʻizistonda chet elliklar ishga joylashishi uchun ishlash uchun ruxsatnoma va ishchi viza talab etiladi. Ish beruvchi ruxsatnomani rasmiylashtiradi, ishchi viza boʻlsa mazkur ruxsatnoma asosida beriladi.

 

2025-yil 1-yanvardan buyon viza va kvotalarni alohida rasmiylashtirishni oʻrnini bosuvchi “Yagona ruxsatnoma” joriy qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//