Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni Oʻzbekiston va Fransiya hukumatlari oʻrtasida readmissiya borasidagi bitimni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hujjat 12-mart kuni Oʻzbekiston prezidentining Fransiyaga tashrifi doirasida Parijda imzolangan edi.
Readmissiya — bu bir davlatning vakolatli organlari tomonidan milliy qonunchilikni buzgan holda uning hududiga kirgan yoki u yerda boʻlib turgan shaxslarni (migrantlarni) boshqa davlat vakolatli organlariga maxsus kelishuv asosida topshirish va qabul qilish jarayoni (deportatsiya va ekstraditsiyadan farqli jarayon).
Oʻzbekiston bir qator davlatlar, jumladan Chexiya, Estoniya, Rossiya va Qozogʻiston bilan readmissiya toʻgʻrisidagi bitimlarga ega. 2024-yilda Germaniya bilan ham shunday kelishuv tayyorlanayotgani xabar qilingandi.
1-sentabrdan boshlab xorijda qonunbuzarlik qilishi oqibatida deportatsiya qilingan fuqarolarga ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasporti berilmaydi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109706
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73051
Jamiyat
//
Izoh yo‘q