
Siyosat
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Al-Azhar bosh imomi Ahmad al-Toyib tomonidan ushbu xalqaro mukofotning 2026-yilgi sovrindorlarini aniqlab beradigan 6 nafar hakamlar hayʼati aʼzosidan biri sifatida koʻrsatildi.
Ushbu mukofot 2019-yilda BAAning sobiq prezidenti marhum Shayx Zayd bin Sulton al-Nahayon sharafiga taʼsis etilgan boʻlib, xalqaro va mustaqil mukofot butun dunyo boʻylab turli soha va mintaqalardan kelgan, insonparvarlik, birodarlik va hamjihatlik tamoyillarini ilgari surish yoʻlida tinimsiz va fidokorona xizmat qilayotgan shaxslar hamda tashkilotlarni taqdirlashga qaratilgan. Mukofot nomi insonparvarligi va odamlarga beminnat yordami bilan tanilgan marhum Shayx Zayid bin Sulton Al Nahyan sharafiga qoʻyilgan. Saida Mirziyoyeva Markaziy Osiyodan Zayed mukofoti hakamlar hayʼati aʼzosiga aylangan ilk vakil sanaladi.
Bugunga qadar butun dunyo boʻylab iqlim oʻzgarishi, kambagʻallikka qarshi kurash, jamiyat rivojlanishi va sogʻliqni saqlash kabi turli insonparvarlik tashabbuslari boʻyicha 15 mamlakatdan 16 nafar sovrindor eʼtirof etilgan. Mukofot jamgʻarmasi – 1 mln dollar.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q