
Iqtisod
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalarni qabul qilish 10-iyul kuni soat 9:00 dan boshlanadi, deb xabar qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.
Oldingi bosqich mart oyida bo‘lib o‘tgandi. Bu safar subsidiyalar bo‘yicha foydalanilmagan xabarnomalarning bir qismi prezidentning 21-fevraldagi farmoniga asosan fuqarolarga qayta yuboriladi.
Joriy yil uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravar oshirildi — 30 mingtagacha ariza beruvchi ipoteka yordamini oladi. Buning uchun davlat byudjetidan 2,5 trillion so‘m, ipoteka kreditlarining o‘ziga esa 20,9 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Murojaat ma’qullangan taqdirda, foydalanuvchi uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti olishda boshlang‘ich stavka va/yoki foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun davlat byudjetidan foydalanishi mumkin.
Ijtimoiy shkala bo‘yicha kamida 30 ball to‘plash kerak. Rad etish sabablari noto‘liq hujjatlar paketi, muddati o‘tgan qarzlar, soxta yoki qalbaki hujjatlar, muddat o‘tgandan keyin taqdim etish va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Ariza beruvchi va/yoki kafilning o‘rtacha daromadi quyidagicha bo‘lishi kerak:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardp — eng kam ish haqining 2,7 baravaridan (3,118 million so‘m) 8 baravarigacha (9,24 million so‘m);
Toshkent shahri — eng kam ish haqining 2,7 baravaridan (3,12 million so‘m) 9,2 baravarigacha (10,63 million so‘mgacha).
Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i mamlakatda hech qanday uy-joyga ega bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida mezonlar bo‘yicha baholanadi.
Subsidiya olishga ariza qoldirish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilish lozim:
davlat xizmatlari markazlariga.
my.gov.uz portali orqali onlayn.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Iqtisod
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q