
Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga davlat tashrifining ikkinchi kunida Boku shahridagi Ozarboyjon xalqi yetakchisi Haydar Aliyev mangu qoʻnim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi.
Prezident Haydar Aliyev qabriga gul qoʻyib, Ozarboyjonning davlat va siyosat arbobi xotirasiga ehtirom koʻrsatdi.
Haydar Aliyev 1993-2003-yillarda Ozarboyjon prezidenti boʻlgan. U amaldagi davlat rahbarining otasi. Uning davlat qurilishi va milliy suverenitetni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi Ozarboyjon tarixida alohida oʻrin tutishi taʻkidlanadi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Boku shahridagi Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston yetakchisi Gʻalaba kuniga bagʻishlangan yodgorlik poyiga gul qoʻyib, Ozarboyjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Ozarboyjon poytaxti markazida joylashgan ushbu zamonaviy yodgorlik majmuasi mamlakat ozodligi va hududiy yaxlitligi yoʻlida qurbon boʻlgan milliy qahramonlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan.
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q