
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Haydar Aliyev nomidagi aeroportda O‘zbekiston rahbarini Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Boku, Xonkendi, Shusha va Ag‘dam shaharlarida bo‘ladi.
2-iyul kuni ikki mamlakat yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazadi, “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘yadi va O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradi.
3-iyul kuni esa prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev muloqotni Ozarbayjonning Qorabog‘ tumanida davom ettirib, Xonkendidagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi va Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishadilar.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha salmoqli kelishuvlar to‘plami shakllantirilgan.
“Tashrifning tadbirlarga boy dasturi 2024-yilda ittifoqchilik maqomini olgan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqanini ko‘rsatadi hamda ikki davlat rahbarlarining avvalgi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q