
Siyosat
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida "Mahalla instituti aholi bilan davlat o‘rtasida muhim ijtimoiy ko‘prik" mavzusida konferensiya o'tkazildi. Konferensiyada Oʻzbekiston mahalla modeli eʼtirof etildi.
Taʼkidlanishicha, mahalla xalq bilan davlat oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlash, inklyuziv rivojlanishni taʼminlash va jinoyatchilikni kamaytirishda samarali mexanizmga aylangan. Anjumanda UNDP, ECOSOC, UNFPA, BMT Yoshlar boshqarmasi vakillari hamda turli mamlakat diplomatlari ishtirok etdi.
Xalqaro anjumanda BMTning Taraqqiyot daturi bosh Administratori - BMT Bosh kotibi o’rinbosari Haoliang Xu, BMT ECOSOC Kengashining vitse-Prezidenti Lok Bahadur Thapa, Yoshlar ishlari bo‘yicha Bosh kotibning o’rinbosari, BMT Yoshlar Byurosi rahbari Felipe Paullyer, O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov, qator xorijiy tuzilmalar va mahalliy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada BMT Taraqqiyot dasturi rahbarining oʻrinbosari Xaolyan shunday dedi:
“Biz Oʻzbekiston rahbariyatining mahallani tubdan isloh qilish borasidagi ambitsioz islohotlarini yuqori baholaymiz. Bu – mahalliy boshqaruvning kuchli vositasi boʻlib, biz ushbu islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Jumladan, qashshoqlikka qarshi kurash, fuqarolarni boshqaruv jarayonlariga jalb etish, mahalliy loyihalar uchun barqaror moliya, shuningdek, yashil va raqamli transformatsiya sohalarida hamkorlik qilishni maqsad qilganmiz”.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q