
Siyosat
Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun oʻqish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi. Eng avvalo, STEM yoʻnalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xoʻjaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi. Banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi.
Shuningdek, sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha bank-moliya, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va energetikani ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi. Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni oʻzida ifoda etadigan sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini eʼlon qilindi. Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni oʻzida uygʻunlashtirib, yoshlarning yangi kreativ gʻoyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda. Shu yilning oʻzida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrganadi.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q