“Bu ishlar “kampaniyabozlik” boʻlmasligi zarur” – Prezident hokimlar yoshlar bilan ishlashi lozimligini taʼkidladi

Saqlash
13:29 / 30.06.2025 39 0

Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi davom etmoqda. Taʼkidlanishicha, respublika boʻyicha 15 mingga yaqin oʻquv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. Soʻnggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi.

 

Davlatimiz rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi koʻrsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganayotgan yoshlarni koʻpaytirishga chaqirdi, buning uchun har qanday sharoit yaratishga tayyorligini bildirdi.

 

Viloyat, tuman hokimlari har bir bolaga oʻz farzandidek qarab, sogʻligi, oʻqishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor boʻlishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Ular yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yoʻlga qoʻyib, maktab, oliygoh, oʻquv va kasb markazlari, tadbirkorlarni boshini qovushtirib, yoshlarga koʻmaklashadigan tizim qilsa, albatta natija boʻlishi taʼkidlandi.

 

“Bu ishlar “kampaniyabozlik” boʻlmasligi, oʻzgarishlarni har bir mahalladagi har bir yosh har kuni chuqur his qilishi zarur. Ana shunda Yangi Oʻzbekistonda taʼlim olmagan, ishsiz, kasb egallamagan, bir soʻz bilan aytganda, uyushmagan yoshlar degan tushunchalarning oʻzi qolmaydi!”, - dedi Prezidentimiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//