
Siyosat
Rossiya taʻlim vaziri Sergey Kravsov Davlat Dumasidagi majlisda soʻzga chiqib, baʻzi MDH mamlakatlaridagi tarix darsliklarida Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat borligi, ayniqsa, bu sovet davriga toʻgʻri kelishini aytdi.
“Tarix darsliklariga kelsak, bir qator davlatlar tarixini koʻrib chiqishda tarixiy materialni tarixiylik va xolislik tamoyillariga rioya qilmasdan taqdim etishda maʻlum qiyinchilik va muammolar mavjud. Bu, birinchi navbatda, bizning umumiy oʻtmishimizga, respublikalar hududining Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan davriga taalluqlidir, bu esa, umuman olganda, Rossiyaga nisbatan salbiy xususiyatga ega”, degan Kravsov.
Uning soʻzlariga koʻra, Taʻlim vazirligi MDH davlatlarining tegishli vazirlari bilan yagona tarixiy oʻtmishni talqin qilish boʻyicha yondashuvlarni kelishish ustida ishlamoqda.
U gap qaysi davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. Kravsovning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya ushbu davlatlar bilan birgalikda “yagona taʻlim, madaniy va ruhiy makon qurmoqda”, shuningdek “hamma bir-birini tushunadigan va yaxshi qoʻshnichilikka sodiq boʻlgan Yevroosiyo qitʻasining kelajagini ham” bino qilmoqda.
Kravsov boshqa mamlakatlardagi tarix darsliklari haqida birinchi marta gapirayotgani yoʻq. Avvalroq, u “qator mamlakatlarning bir qator tarix darsliklarida tarix buzib koʻrsatilganini” taʻkidlagandi. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, Rossiya tarix darsliklarida “hech qanday tajovuz, dushmanlik ruhi yoʻq”, faqat “faktlar taqdimoti, tarixiy haqiqat” bor.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q