Xitoyda Markaziy Osiyo davlatlari tillarini o‘rganish kurslari ochiladi

Saqlash
07:49 / 18.06.2025 36 0

Xitoy 2025-yilda Markaziy Osiyoning besh davlatiga 1,5 milliard yuan (207 million dollardan ortiq) miqdorida beg‘araz grant ajratishini aytib o‘tdi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Ostonadagi “Markaziy Osiyo-Xitoy” II sammitida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

 

Bundan tashqari, kelgusi ikki yil ichida Xitoy Markaziy Osiyoning beshta davlatiga kasbiy tayyorgarlik kurslaridan o‘tish uchun uch mingta kvota ajratadi.

 

XXR rahbari ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlik iqtisodiy sohadagi hamkorlikdan kam ahamiyatga ega emasligini ham ta’kidlagan va Xitoy universitetlarida Markaziy Osiyo mamlakatlari tillarini o‘rganish kurslari ochilishini ham ma’lum qilgan.

 

Shuningdek, u Markaziy Osiyo davlatlarini zamonaviy tahdidlarga birgalikda qarshi turishga, mintaqa xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga chaqirgan. XXR raisi Markaziy Osiyo mamlakatlarida mudofaa, huquqni muhofaza qilish va xavfsizlikni modernizatsiya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

 

“Biz terrorizm va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda, shuningdek, kiber va biologik xavfsizlikni ta’minlashda qo‘limizdan kelgan yordamni ko‘rsatishga tayyormiz”, deya ta’kidladi XXR raisi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//