
Siyosat
O‘zbekiston TIV yaqin Sharqda, xususan, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayib, qurolli to‘qnashuvlarga aylandi bu vaqtda nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida jiddiy xavotir uyg‘otayotgani, bu vaziyatda fuqarolar Isroil—Eron mojarosi bo‘yicha provokatsiyaga uchmasligi kerakligi ta'kidlandi.
Mojaroning avj olishi butun mintaqa barqarorligi va tinchligiga tahdid solayotgani shubhasiz. Bu jarayonlar, avvalo, oddiy fuqarolar – tinch aholi, ayniqsa bolalar va ayollar uchun og‘ir oqibatlarga olib kelayotgani ta'kidlangan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi urushni muammolarni hal etish vositasi deb emas, balki inson hayoti, barqarorlik va taraqqiyotga jiddiy xavf soluvchi holat sifatida baholaydi. O‘zbekiston har doim tinchlikparvar siyosat yuritib kelgan va shunday davom etadi.
"Shu munosabat bilan, O‘zbekiston fuqarolarini tinchlikparvarlik, bag‘rikenglik va masʼuliyatli fuqarolik pozitsiyasini saqlashga chaqirib qolamiz. Mojarolarga nisbatan diniy, irqiy yoki boshqa shaxsiy mansubliklar asosida munosabat bildirmaslik, har qanday nafrat va ziddiyat targ‘ibiga qarshi turish barchamizning umumiy burchimizdir", deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, fuqarolar turli provokatsiya va haqoratomuz chaqiriqlarga uchmaslikka, holatlarga nisbatan hissiyot emas, balki vazmin munosabatni saqlab qolishga chaqirildi. Jamiyatimda milliy va diniy totuvlikni saqlash – umumiy barqarorlik va xavfsizlikning muhim kafolati ekanligini eslatib o'tildi.
O‘zbekiston Respublikasi TIV barcha mojarolar xalqaro huquq normalari va diplomatik muloqot asosida tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdori ekanini, tinchlik va o‘zaro hurmat asosidagi munosabatlar har doim yurtimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini yana bir bor taʼkidladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q