Siyosat
Bandlik rejasini to‘liq bajarmagan 15 ta tuman hokimi uch oyda rejaga chiqmasa, ishdan olinishi mumkin. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, birinchi yarim yillikda 2 million 600 ming aholini band qilish, 722 ming odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilingan. Lekin mablag‘ va sharoit bo‘lsa-da, bandlik rejasi 15 ta tumanda to‘liq bajarilmagan. Bular – Muborak, Bo‘ston, Vobkent, Marhamat, Farg‘ona, Zangiota, Do‘stlik, Chortoq, Qorao‘zak, Uychi, Xonobod, Yangibozor, Parkent, Arnasoy va Uchko‘prik tumanlari. Ushbu tuman hokimlari uch oyda rejaga chiqmasa, barchasi ishdan olinishi qayd etildi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha Uchquduq, Angren va Karmanada ishlar sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
                  Siyosat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109695
          Jamiyat
             94080
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73017
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q