Siyosat
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishdagi ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va ta’mirlashga berilgan 61 trillion so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75-80 foizi ham shu yo‘llarda bo‘lyapti.
Ayniqsa, aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi.
Aholining yana bir e’tirozi – yo‘llardagi kameralar dislokatsiyasi. Ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yozish uchun ishlayapti. Bu kameralar aslida transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Chorraha, chiziq va yo‘l belgilarini to‘g‘rilash, svetoforlarni “aqlli” boshqaruvga o‘tkazish bo‘yicha ishlar sustligi tanqid qilindi.
Poytaxtda transport harakatini sun’iy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112321
Jamiyat
94994
Jamiyat
91118
Jamiyat
75882
Jamiyat
//
Izoh yo‘q