Ish vaqtidan tashqari ishlarga haq to‘lash tartibi belgilanmoqda

Saqlash
16:01 / 10.06.2025 124 0

Yangi qonun loyihasida ish vaqtidan tashqari ishlarga haq to‘lash tartibi belgilanmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Nazira Muxtorova UzA axborot agentligiga ma’lumot  berdi.

 

Qonun loyihasiga muvofiq:

 

- Kunlik ish vaqtidan tashqari ishning dastlabki ikki soati uchun kamida 1,5 barobar miqdorda,

- Ikki soatdan ortiq ish vaqti uchun esa kamida 2 barobar miqdorda haq to‘lanadi.

- Mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ish joylarida esa har bir soat uchun kamida 2 barobar miqdorda to‘lov belgilanadi.

 

Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi xodim uchun:

 

- Oddiy sharoitlarda — ketma-ket ikki kun davomida to‘rt soatdan oshmasligi,

- Noqulay mehnat sharoitlarida — bir kunda ikki soatdan oshmasligi ko‘zda tutilmoqda.

 

Bundan tashqari, xodimlarga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini kengaytirish va norasmiy ravishda ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish holatlarining oldini olish maqsadida, qonun loyihasida ish vaqtidan tashqari ishlarning umumiy yillik davomiyligi uchun belgilangan 120 soatlik cheklovni bekor qilish taklif etilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:20 / 29.07.2025 0 143
Yer tomonga begona obyekt uchib kelmoqda

Jamiyat

17:07 / 29.07.2025 0 61
4 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

14:44 / 29.07.2025 0 412
Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi

Jamiyat

14:21 / 29.07.2025 0 174
1-avgustdan pedagoglar oyligi qancha bo‘ladi?

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109269
72601

//