Jamiyat
Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan o‘zbek xalqining bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.
Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111481
Jamiyat
94615
Jamiyat
90587
Jamiyat
74977
Jamiyat
//
Izoh yo‘q