
Iqtisod
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida qaror qabul qildi. Unga koʻra:
2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi. Bunda:
(a) yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 soʻm etib;
(b) nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 soʻm etib;
(v) kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
(i) 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 soʻm, 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun – 275 000 soʻm;
(ii) oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 165 000 soʻm;
(iii) oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha – 110 000 soʻm etib;
(g) kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori
– 420 000 soʻm etib;
(d) fuqarolarga toʻlanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilanishi qayd etilgan.
2025-yil 1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.
Bazaviy miqdorlar:
(a) 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 soʻm etib;
(b) 2025-yil 1-avgustdan boshlab:
(i) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 soʻm;
(ii) bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 soʻm etib belgilansin.
Moliyaviy resurslar
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilangan.
Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni taʼminlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
Farmon ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov Farmon ijrosini muhokama qilib boradi va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib, nazorat qilib boradi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q