Iqtisod
Prezident Shavkat Mirziyoyevning byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga, yaʼni inflyatsiyadan past boʻlmagan darajaga oshirishga doir farmoni imzolandi. Bu haqda bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Qonunchilik palatasidagi hisobotida mazkur hujjat yaqin soatlarda eʼlon qilinishini maʼlum qildi.
Unga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan:
- Pensiyalar va nafaqalar
- Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.
2025-yil 1-avgustdan:
- Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi
- Talabalar va oʻquvchilar stipendiyalari 10 foizga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, 2024-yil sentyabrda pensiya va nafaqalar 15% ga, oktyabrda maoshlar 10–15% ga oshirilgan edi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
109709
Jamiyat
94093
Jamiyat
89877
Jamiyat
73059
Jamiyat
//
Izoh yo‘q