Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi

Saqlash
11:17 / 26.05.2025 138 0

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Davlat rahbari so‘zining avvalida bugungi tahlikali va noaniqliklarga to‘la sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.

 

Shu munosabat bilan tashqi bozordagi tebranishlar sharoitida 1 mlnga yaqin aholi ishlayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir "drayveri" bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatiga yangi sur’at bag‘ishlash muhimligi qayd etildi.

 

Xabarga ko‘ra, o‘tgan 4 oyda sanoat 6,3 foizga o‘sib, 290 trillion so‘mga yetgan.

 

“Bu – hozirgi murakkab sharoitda o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasi. Lekin 29 ta tumanda ishlab chiqarish 4,5 trillion so‘mga kamaygan. Bu kichkina raqamlar emas”, dedi Prezident.

 

Yig‘ilishda, shuningdek, milliy brendlarni ko‘paytirish, mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

 

Shu maqsadda Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinishi aytildi.

 

Bunda ushbu kompaniya:

▪️ xorijdan brend-menejer, dizayner, marketolog, piar-menejerlarni olib keladi;

 

▪️ xalqaro sertifikati bor, sifati yuqori va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab oladi;

 

▪️ ularga sifat belgisini berib, brendini dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//