
Jamiyat
Turistik xizmatlar koʻlamini jadal kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Bahrayn Qirolligi, Kuvayt Davlati va Oʻmon Sultonligi fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qiladi.
Prezident farmoni bilan ushbu davlatlarning fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi.
Mazkur tartib 2025-yil 1-iyundan amalda boʻladi.
Hujjatga koʻra, quyidagilar joriy yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari hisoblanadi:
▪️ respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
▪️ ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 mln ta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qoʻshimcha 378 ta turoperator faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Bundan tashqari, 2025-yildan har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi belgilandi.
Shu yildan boshlab esa har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etib boriladi.
Shuningdek, iyun oyidan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oyning 2-haftasida (shanba va yakshanba kunlari) “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” boʻlishi tasdiqlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q