Oʻzbekistonda VI asrga oid bronza tanga topildi. U “Turk“ soʻzi aks etgan tarixdagi ilk topilma boʻlishi mumkin

Saqlash
11:15 / 16.05.2025 89 0

Toshkentda VI asrga oid boʻlgan, sugʻd yozuvida “Twrk xʼγʼn” jumlasi aks etgan bronza tanga topildi. Yozuv “Turk xoqoni“ deb tarjima qilinib, tanga tarixda “turk“ soʻzi qayd etilgan eng qadimgi, birinchi topilma boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

 

Tanga gʻarbiy Goʻkturk xoqonligiga mansubligi va turk imperiyasining asoschisi Istemi xoqon avlodiga tegishli boʻlishi mumkinligi aytilmoqda. Ushbu topilma Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimi, professor, fanlar doktori Gʻaybulla Boboyorov tomonidan amalga oshirilgan.

 

Toshkent yaqinidan topilgan koʻplab qadimiy tangalar orasida bu tanga oddiy tuyulsa-da, arzirli asos – sugʻd yozuvidagi “Turk“ soʻzining aks etishi bilan ajralib turadi.

 

Professor soʻzlariga koʻra, bu VIII asrdagi mashhur Oʻrxun-enasoy yozuvlaridan bir asrdan ham koʻproq davr avvalroq boʻlgan turk soʻzining maʼlum qoʻllanilishini 150-yil ortga suradi.

 

Bu atamaning ilk qayd etilishi ilgari Kul-Tegin, Bilge-xoqon yodgorliklari bilan bogʻliq edi. Topilgan tanga boʻlsa miloddan avvalgi 580-610-yillarga oid, oldingi davrga aloqadorlikni bildiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//