
Jamiyat
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Taʼkidlanishicha, oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab taʼlimi uchun mablagʻ 7 karra oshirilgan boʻlib, joriy yilda bunga 60 trln soʻm yoʻnaltirilmoqda.
Xabarda yozilishicha, maktablarda 1 mlnga yaqin, bogʻchalarda 1,5 mln yangi oʻrinlar yaratildi. Bogʻcha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.
Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida oʻqituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 mln soʻm maosh olyapti.
Bogʻcha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashdi.
Shavkat Mirziyoyev yigʻilish davomida yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 mln soʻmdan oshishini maʼlum qildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q