
Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga eʼlon qilingan 1974-yilda tugʻilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmadovich (taxallusi Mubashshir Ahmad) joriy yilning 8-may kuni Turkiyada huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olinib, 10-may kuni Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, A.Tursunovning ta'sisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan maʼlumotlarda, tegishli ekspertiza xulosalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborot mavjud boʻlganligi sababli, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244 prim 3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q