Koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalari tasdiqlandi

Saqlash
23:20 / 05.01.2022 808 0

Hukumat qarori bilan Koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi.

 

Nizomga muvofiq, koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyati uy-joydan foydalanishda qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish, umumiy mol-mulkni saqlash va undan foydalanish uchun zarur xizmatlar va ishlarni qamrab oladi.

 

Koʻp kvartirali uyni boshqarish organi uyga kirish qismida quyidagi maʼlumotlarni doimiy joylashtirib borishi shart:

 

boshqarish organining nomi, manzili, telefoni, ish tartibi, veb-sayti;

 

kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning aloqa telefonlari;

 

taʼmirlash ishlari vaqti;

 

majburiy badal, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov miqdori.

 

Boshqarish organi avariya vaziyatlarini bartaraf etadigan 24 soat ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmatini tashkil etishi kerak.

 

Bunda avariya-dispetcherlik xizmati mulkdorlarning qoʻngʻiroqlariga 3 minutdan koʻp boʻlmagan vaqtda javob berishi lozim.

 

Shuningdek, xonadonlardagi kanalizatsilar tiqilib qolganida va ifloslanish holatlari boʻlganida bu holatlar 2 soatda bartaraf etilishi kerak.

 

Sovuq, issiq suv, issiqlik va elektr taʼminoti va kanalizatsiya avariyaviy shikastlanganda bu holatlar 3 kunda bartaraf etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//