Jamiyat
Oʻzgidromet joriy yilning may oyida qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.
Prognozga koʻra, may oyining birinchi oʻn kunligida (katta qismida) asosan juda iliq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 1-2-mayda +28– +30, 3-7-may kunlari esa +34– +37 darajagacha koʻtariladi.
1-2-may kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻir yogʻadi. Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida ham yomgʻir yogʻishi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi kutiladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida 1-7-may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi.
Birinchi oʻn kunlikning oxirida harorat foni biroz pasayadi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Keyinchalik, may oyining oxirigacha, harorat kechalari +17– +22 darajadan +10– +15 darajagacha, kunduz kunlari +32– +37 darajadan +25– +30 darajagacha oʻzgarib turadi.
Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarning ayrim kunlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻirlar yogʻadi, baʼzi hududlarda jala xususiyatiga ega boʻlgan mahalliy yomgʻirlar yogʻishi kuzatiladi.
Mutaxassislar may oyi yomgʻirlari bir hududda kuchli boʻlishi, oʻsha hududning boshqa chekkasida esa yogʻingarchilikning kuchliligi deyarli sezilmasligi mumkinligi aytmoqda.
2025-yil may oyida oʻrtacha oylik harorat iqlimiy meʼyor atrofida, baʼzi joylarda undan 1-2 darajaga yuqori boʻlishi kutilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q