
Jamiyat
Oʻzbekiston qarz olgan tashkilotlar va mazkur mablagʻlarning qaysi yoʻnalishlarga sarflangani oʻrganildi.
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil davomida Oʻzbekistonning davlat qarzi 2023-yilga nisbatan 5,27 mlrd AQSh dollariga oshib, 40,19 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Ushbu oʻsishning asosiy qismi tashqi qarz hisobiga toʻgʻri kelib, uning hajmi 33,72 mlrd AQSh dollariga yetgan. Ichki qarz esa yil davomida 1,19 mlrd AQSh dollariga ortib, 6,47 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan. Mazkur raqamlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan berilgan maʼlumotlarga asoslangan.
Tahlilga koʻra, hozirgi kunda Oʻzbekiston davlat tashqi qarzining 19,1 mlrd AQSh dollari xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilingan. Bunda asosiy kreditorlar quyidagilar:
▪️ Jahon banki – 7,64 mlrd AQSh dollari;
▪️ Osiyo taraqqiyot banki – 7,41 mlrd AQSh dollari;
▪️ Osiyo infratuzilma investitsiya banki (AIIB) – 1,65 mlrd AQSh dollari;
▪️ Islom taraqqiyot banki – 0,9 mlrd AQSh dollari;
▪️ Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (IMF) – 0,7 mlrd AQSh dollari;
▪️ Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) – 0,3 mlrd AQSh dollari.
Tashqi qarzning 10,44 mlrd AQSh dollari esa xorijiy hukumatlarning moliyaviy tashkilotlari orqali jalb etilgan. Jumladan:
▪️ Xitoy taraqqiyot banki va Eksimbank – 3,76 mlrd AQSh dollari;
▪️ Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JISA) – 2,88 mlrd AQSh dollari;
▪️ Fransiya taraqqiyot agentligi – 977 mln AQSh dollari;
▪️ Koreya Eksimbanki va Koreya iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi – 740 mln AQSh dollari;
▪️ Germaniya davlat banki (KfW) – 415 mln AQSh dollari;
▪️ Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi – 139 mln AQSh dollari;
▪️ Ispaniya davlat banki – 66 mln AQSh dollari;
▪️ Boshqa manbalar – 1,45 mlrd AQSh dollari.
Tahlilda yozilishicha, Oʻzbekiston olingan davlat qarzlarini soha va tizimlar kesimida quyidagicha taqsimlagan:
➖ 15,29 mlrd AQSh dollari (45 %) — Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash;
➖ 5,74 mlrd AQSh dollari (17 %) — Yoqilgʻi-energetika sanoati;
➖ 2,91 mlrd AQSh dollari (9 %)— Qishloq va suv xoʻjaligi;
➖ 2,85 mlrd AQSh dollari (8 %) — Uy-joy kommunal xoʻjaligi;
➖ 2,85 mlrd AQSh dollari (8 %) — Transport va transport infratuzilmasi;
➖ 2,4 mlrd AQSh dollari (7 %) — Sogʻliqni saqlash, taʼlim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari;
➖ 841 mln AQSh dollari (2 %) — Tadbirkorlik faoliyati va sanoat ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash;
➖ 764 mlln AQSh dollari (2 %) — Kimyo sanoati.
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q