Jamiyat
Jamiyat
Fuqarolar 2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijga chiqish biometrik pasportini Davlat xizmatlari markazlari orqali olishlari mumkin. Bu haqda DXA matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, 1-yanvardan boshlab bir qator xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan.
Jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi.
Bunda xorijga chiqish biometrik pasporti uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravarini tashkil etadi (270 ming so‘m).
Fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.
Ta’kidlanishicha, 2022-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q