Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov buyrugʻi bilan bir qator IIB xodimlari lavozimidan ozod etildi

Saqlash
10:34 / 21.04.2025 164 0

Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov Buxoro viloyatida kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari boʻyicha viloyat hamda tuman-shahar ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yigʻilishi oʻtkazildi. Unda vazir buyrugʻi bilan bir qator IIO va IIB xodimlari lavozimidan ozod etildi. Xususan:

 

— Buxoro viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari – Tergov boshqarmasi boshligʻi,

— Buxoro viloyati IIB Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazi boshligʻi,

— Buxoro shahar IIO FMB boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi,

— Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi

— yana bir oʻrinbosari — Tergov boʻlimi boshligʻi,

— Kogon tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Tezkor qidiruv xizmati boshligʻi egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

 

Shuningdek, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari – Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi, Tergov boshqarmasi boshligʻining ikki nafar oʻrinbosari, viloyat IIB Kotibiyat boshligʻi, Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, Kogon tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi va uning oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlariga intizomiy jazolar qoʻllanildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//