Ilm-fan
Joriy yilning 11-17-aprel kunlari Kosova Respublikasida Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston terma jamoasi qizlari 3 ta medalni qoʻlga kiritdi:
▪️ Dildora Mahkamova — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf oʻquvchisi — kumush medal;
▪️ Malika Xojamuratova — Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi — bronza medal;
▪️ Nastarin Kamolova — Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf oʻquvchisi — bronza medal.
Ushbu fan olimpiadasida 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin oʻquvchi qiz qatnashgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada ilk marotaba ishtirok etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
109695
Jamiyat
94082
Jamiyat
89860
Jamiyat
73020
Jamiyat
//
Izoh yo‘q