
Jamiyat
Kishi agar oʻzi yoqtirmaydigan ish bilan shugʻullansa, uning salomatligiga jiddiy putur yetadi.
Masalan, ayrim xodimlar garchi ish xonada kun boʻyi ishlasa-da, tugatilmagan ishini uyiga ham olib keladi. Natijada meʼyoridan ortiq vaqt mobaynida ularning miyasi mazkur ish bilan band boʻladi. Doimo nima qilish kerakligi haqidagi oʻy-fikrlar inson mushaklarini tirishgan holda ushlab turadi. Bu esa ruhan boʻshashishni qiyinlashtiradi va uyqu sifatiga taʼsir qiladi. Qarabsizki, bunday bora-bora xodimlar uyqusizlik va bosh ogʻrigʻidan aziyat cheka boshlaydi. Achinarlisi, bu holat ruhiy zoʻriqishga ham olib kelishi mumkin.
Bilamizki, inson tanasida paydo boʻlgan dardga oʻz vaqtida davo qilinmasa, u boshqa kasalliklar kelib chiqishiga zamin yaratadi. Xuddi shunday, uzoq davom etgan ruhiy zoʻriqish ham kishini ortiqcha vazn, hazm qilish yomonligi va metabolik jarayonlar buzilishi kabi illatlarga duchor qiladi.
Yoqtirmaydigan ish bilan shugʻullanish hayotdan lazzatlanish koeffitsiyentini tushirib yuboradi. Chunki miya doim ish bilan band boʻlgani uchun, miya atrofdagi narsalarga boʻlgan qiziqishni qabul qilmaydi. Eʼtibor susayib ketadi.
Kishi oʼzini baxtsiz his qila boshlaydi. Chunki atrofdagilar uning koʻziga oʻz sevgan ishi bilan band, baxtli va mamnun koʻrinadi. Bu esa ishidan nolib yurganlarni oʻz turmush tarziga qarashga majbur qiladi. Ular oʻz hayotini atrofdagilarniki bilan solishtiradi va tabiiyki, ularda bor narsani oʻzinikida topolmaydi.
Shuning uchun ham mutaxassislar bunday turdagi odamlarga oʻzi yaxshi koʻrgan ishni qilishni tavsiya qiladi. Ularning fikricha, inson doim ham 25, 29 yoki 35 yoshda qolib ketmaydi. Har yili bir qancha imkoniyatlar paydo boʻladi, boshqalar esa yoʻqoladi. Muhimi insonning sogʻligi va hayotidan qoniqish his qilishidir. Kishi tavakkal qilishdan qoʻrqmasligi kerak.
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q