
Ilm-fan
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Unga ko‘ra:
Institut tuzilmasida xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni 20 nafarni tashkil etadi;
Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot tashkiloti hisoblanadi.
Quyidagi vazifalar institutning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
Nazariy fizika sohasining dolzarb muammolarini o‘rganish va fundamental, amaliy, innovatsion hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarda ishtirok etish;
Kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon va kvant tarmoqlar bo‘yicha ilmiy anjumanlar va seminarlar tashkil etish;
Yosh olimlar uchun zamonaviy nazariy fizika yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-o‘quv materiallar tayyorlash;
Fizika sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat integratsiyasini kuchaytirish, talabalar va doktorantlarni tadqiqot ishlariga jalb etish;
Iqtidorli talabalarni nazariy fizika bo‘yicha tayyorlashda oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va nufuzli tadqiqot markazlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
Ilmiy loyihalar uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb etish;
Tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va nazariy fizika bo‘yicha xalqaro ilmiy jurnallardagi nashrlar sonini oshirish.
Institutga quyidagi huquqlar beriladi:
Boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, oʻquv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shartnomalar tuzish;
Ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrash;
Universitet zarur mebel, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlanadi.
Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldirishingiz mumkin.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q