
Jahon
Avstraliyalik olimlar jamoasi amerikalik bastakor Elvin Lusyening miyasini “tiriltirish”ga muvaffaq boʻlishdi.
Gap shundaki, mutaxassislar kompozitorning hujayralaridan elektrodlarda mini-miyani (yaʼni, organoidni) oʻstirgan. Endilikda u real vaqtda musiqa “yozmoqda”.
Xabarda yozilishicha, organoid aktiv vaqtida uning elektr signallarini oʻqiy oladigan maxsus qurilmaga joylashtiriladi. Bu signallar kompyuter tomonidan qayta ishlanadi va musiqaga aylantiriladi.
Maʼlumot uchun, 2021-yilda vafot etgan Elvin Lusye eksperimental musiqaning kashshofi (kashfiyotchisi) boʻlgan. U aynan mana shu tadqiqot uchun mukammal hamkor hisoblanar edi. Bastakor 1965-yilda oʻzining asosiy asari “Yakkaxon ijrochi uchun musiqa”da jonli ovoz yaratish uchun miya toʻlqinlaridan foydalangan boʻlib, bu tarixda ilk kuzatilgan kompozitorlik ishi sanaladi.
Ijodkorning azaliy muxlisi boʻlgan tadqiqotchilar 2018-yildayoq u bilan mazkur “tiklanish” gʻoyasini muhokama qila boshlagan edi. Biroq bu 2 yil davomida ham amalga oshmadi. 2020-yilga kelib esa Lusye Parkinson kasalligidan aziyat chekka boshladi. Bu vaqtda u 89 yoshda edi va tadqiqotga rozilik berdi.
Birinchi uning oq qon hujayralari ildiz hujayralariga qayta dasturlashtirildi. Keyin hujayralar miya organoidlariga, yaʼni inson miyasiga taqlid qiluvchi neyronlar klasterlariga aylantirildi.
Bastakor 2021-yilda vafot etdi. Ungacha olimlar jamoasi u bilan Zoom orqali bogʻlanib turdi. Oʻsha paytda ijodkorning sogʻligi yomonlashgan boʻlib, shivirlab gapirar, soʻzlashish uchun yordamchiga muhtoj edi.
Mutaxassislardan birining soʻzlariga koʻra, ular olim ustida tadqiqot oʻtkazish mobaynida biologiya sohasida juda katta tajribani qoʻlga kiritilgan.
Jamoa qayta tiklangan miya yaratgan asarni hayotga tatbiq etish uchun maxsus texnologiyadan foydalangan.
Endilikda olimlar “ijod inson tanasidan tashqarida ham mavjud boʻlishi mumkinmi?” degan savolni oʻrtaga tashlamoqda. Biroq bunga javob berish uchun vaqt kerak.
“Dadam abadiy ijod qilish haqida oʻylar edi. U oʻzini boqiy oʻylashga tayyorladi. U shunchaki oʻlib ketgan boʻlishi mumkin emas. Uning maqsadi amalga oshishi kerak” deya fikr bildirgan ijodkorning qizi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q