
Iqtisod
Elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba indeksatsiya qilinadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, 1-maydan 201 kVt⋅soatdan 500 kVt⋅soatgacha elektr energiyasiga 900 soʻmdan emas, 800 soʻmdan toʻlanadi. Bunda narxlar yillik inflyatsiyadan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori boʻlmagan miqdorda oshiriladi.
2025-yil 1-maydan boshlab elekt energiyasi isteʼmoli uchun aholiga qoʻshimcha imtiyozli taʼriflar quyidagicha joriy qilinadi:
- oyiga 200 kVt/soatgacha 1 kVt/soat uchun 600 soʻm (hozirda 450 soʻm);
- 201 dan 500 kVt/soatgacha — 800 soʻm (900 soʻm);
- 501 dan 1000 kVt/soatgacha — 1000 soʻm (900 soʻm);
- 1001 dan 5000 kVt/soatgacha — 1500 soʻm (1 350 soʻm);
- 5 001 dan 10 000 kVt/soatgacha — 1 750 soʻm (1 575 soʻm);
- oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori — 2 000 soʻm (1 800 soʻm).
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q