Olimlar “Taxtlar oʻyini”dagi yoʻq boʻlib ketgan dahshatli boʻri turini qayta tikladi

Saqlash
12:24 / 08.04.2025 452 0

Amerikaning Colossal Biosciences kompaniyasi olimlari yozuvchi Jorj Martinning “Muz va olov qoʻshigʻi” romani asosida suratga olingan “Taxtlar oʻyini” fantastik serialidagi “Ayiqtovon boʻri“ deb nomlagan dahshatli boʻri turini tiklashga erishdi. Bu haqda The New York Times maʼlum qilgan.

 

Qayd etilishicha, bu tur 13 ming yil avval yoʻq boʻlib ketgan. Biroq 2021-yilda bir guruh olimlar ularning qazilma-qoldiqlaridan DNKlarini ajratib olishga erishgan.

 

“Tadqiqotchilar hayvonlarga dahshatli boʻrining asosiy xususiyatlarini berish uchun 20 ta kulrang boʻri genini tahrirlagan. Keyin ular tahrirlangan kulrang boʻri hujayralaridan embrion yaratib, ularni surrogat ona-itlarga joylashtirgan va yangi tur tugʻilgunicha kutgan” – deyiladi xabarda.

 

Natijada, uch nafar sogʻlom boʻri tugʻilgan. Romul, Rem va Kxalisi deb nomlangan boʻrilardan ikkitasi 6 oylik, yana biri 2 oylik. Kutilganidek, ular dahshatli boʻri xususiyatlariga ega: oddiy kulrang boʻrilarga qaraganda yirikroq va och rangli quyuq moʻynaga ega.

 

Ular hozir AQSH shimolidagi xususiy obyektda saqlanmoqda. Qayd etilishicha, ular keyinchalik ham asirlikda yashaydi. Olimlar bu texnologiya bilan endi yoʻq boʻlib ketish arafasidagi turlarni saqlab qolish mumkinligini aytmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//