Siyosat
O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Bu 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni 2022–2032-yillarda amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqiladi.
Bunda, “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” mavzusida plakatlar turkumi, multimedia va boshqa zamonaviy targ‘ibot mahsulotlari yaratiladi, “O‘zbekiston qahramonlari”, “Ma’naviyat lug‘ati” kitoblarining taqdimoti o‘tkaziladi, har yili an’anaviy tarzda “Ma’naviyat festivali” o‘tkazib boriladi.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi, nomoddiy madaniy meros elementlarini muhofaza qilish va ommalashtirish bo‘yicha 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi ishlab chiqiladi.
Nomoddiy madaniy merosning saqlovchilari va ularni ommalashtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qo‘shimcha imtiyoz, preferensiya va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Nomoddiy madaniy meros elementlarini YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli umume’tirof etilgan ro‘yxatlariga kiritishga erishish choralari ko‘riladi.
“Tayyorlash – o‘rgatish – o‘rganish – tiklash – saqlash – ommalashtirish – sotish” uzluksiz yaxlit tizim asosida nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish klasterlari tashkil etiladi. “Milliy qadriyatlar oyligi” va “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazib boriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q