Hafta davomida ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi

Saqlash
12:55 / 07.04.2025 146 0

Oʻzgidromet 7-11-aprel kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, bugun va ertaga Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari +23– +28 daraja atrofida, baʼzi joylarda +30 darajagacha boʻladi.

 

9-aprel – chorshanba kuni respublika janubida, markaziy hududlarda va Fargʻona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat +3– +6 darajaga pasayadi.

 

Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlari boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib +28– +31 daraja boʻladi.

 

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

7-aprelda respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

7-8-aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

 

Toshkent shahrida 7–11-aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.

 

Harorat 7-8-aprel kunlari +26– +28, 9-aprelda +22– +24, 10-aprelda +25– +27, 11-aprelda +28– +30 daraja boʻladi.

 

Harorat asosan kechalari +10– +15 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//