
Jamiyat
Prezidentning “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan davlat idoralari bitta binoga koʻchiriladigan hududlar tasdiqlandi.
Hujjatga koʻra, 15 ta tuman(shahar)dagi mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari binolariga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish dasturi amalga oshiriladi va uning doirasida:
▪️ mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida yangi barpo etiladigan koʻp qavatli binoga joylashtiriladi;
▪️ yangi barpo etiladigan koʻp qavatli binoning 1- va 2- qavatlari tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi;
▪️ mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlarini koʻchirish natijasida boʻshaydigan davlat koʻchmas mulk obyektlari biznes loyihalarini amalga oshirish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Mazkur tuman va shaharlarda tadbirkorlik subyektlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kommunal xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar va sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari boshqa mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarida joylashtirish choralari koʻriladi.
Mazkur tartib 2025-yilning 1-iyunidan boshlab amal qiladi.
2025-yilda mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari joylashgan binolarga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish dasturi amalga oshiriladigan tuman va shaharlar roʻyxatiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q