
Ilm-fan
23–27-mart kunlari AQShning Nevada shtati, Las-Vegas shahrida “TMS Annual Meeting 2025” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Harvard University, Massachusetts Texnologiya Instituti, Stanford University, Oak Ridge Milliy Laboratoriyasi, NASA, GE Aviation kabi dunyoning yetakchi tashkilotlaridan 4000 nafardan ortiq olim ishtirok etdi.
Konferensiyada “Yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining taʼsiri chuqur tahlili” mavzusidagi ilmiy tadqiqot bilan Oʻzbekiston olimlari jamoasi ham qatnashdi.
Taʼkidlanishicha, yakunda oʻzbekistonlik mutaxassislarning mazkur ilmiy ishi xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan eng yuqori bahoga munosib koʻrilgan va zamonaviy materialshunoslik sohasidagi dolzarb muammolarga innovatsion yechim sifatida eʼtirof etilgan.
Maʼlumot uchun, tadqiqot mualliflari — Elyorjon Jumayev (“University of Business and Science” universiteti professori), Rahmatjon Gaipov, Omon Sultonov, Farhod Abdullayev, Amir Abidov, va Orifjon Mixliyev (Oʻzbekiston Texnologik metallar kombinati vakillari) hisoblanadi.
“TMS Annual Meeting” anjumani aerokosmik, mashinasozlik va ilgʻor materiallar sohasidagi eng dolzarb ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni taqdim etish maqsadida har yili oʻtkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q