“Yosh kitobxon” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Saqlash
10:17 / 27.03.2025 318 0

 

1-oʻrinni egallagan Dilbarxon Haydarovaga Prezident sovgʻasi – “Chazor” elektromobili topshirildi.

 

Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Yoshlar kutubxonasi”da “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichi 10-14 yosh toifasi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

 

Bir necha kun davom etgan tanlov mamlakatimizning eng yosh kitobxonini aniqlab berdi.

 

 

Tanlov yakunlariga koʻra:

 

1-oʻrin: Dilbarxon Haydarova (Toshkent sh.) 356.7 ball — Prezident sovgʻasi “Chazor” elektromobili;

 

2-oʻrin: Gulmira Norpoʻlatova (Samarqand) -334.7 ball — 75 mln soʻm pul mukofoti;

 

3-oʻrin: Nastarin Ibrohimova (Navoiy) - 321 ball — 50 mln soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritdi. Qolgan ishtirokchilarning barchasi 10 mln soʻmdan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//