
Ilm-fan
Sizningcha, Internetning umumiy massasi qancha? Toʻgʻri, sizga bunday savol berilsa birinchi galda turli xil qurilmalar, optik tolali kabellarni koʻz oldingizga keltirasiz. Ammo mazkur savol negizida “ikkinchi dunyo” hisoblanuvchi global tarmoqning ogʻirligini oʻlchash turibdi.
Ha, koʻzlaringiz aldamayapti. Mutaxassislar Internetning ogʻirligini oʻlchashni maqsad qilishdi va oʻzlarining nazdida buni uddalashdi ham.
Albatta, bu yerda nazariyaga tayanilgan, yaʼni Eynshteyn nazariyasiga. Shu nuqtai nazar bilan qaralsa, Internetning ogʻirligini hisoblash mumkin.
Garvard fizigi Rassell Seitz Internet endigina ommalashayotgan paytda, yaʼni 2006-yilda bu ishga qoʻl urib koʻrdi.
Uning xulosasiga koʻra, serverlarni “jonlantirayotgan” Internetning umumiy massasi 50 gr ekan. Bu esa 2 dona qulupnayning ogʻirligi degani.
“Biz bitta urinish bilan yutib yuborishimiz mumkin bir luqmaning ogʻirligiga teng keluvchi mana shu narsaga butun hayotimizni sarflayapmiz”, deyiladi tadqiqot xulosasida.
Biroq 2006-yildan beri koʻp narsalar oʻzgardi. Ijtimoiy tarmoqlarning soni ortdi, sunʼiy intellekt kashf qilindi. Shuncha taraqqiyotdan keyin Internetning umumiy massasi qancha boʻldi deb oʻylaysiz? Oʻrtacha bir dona kartoshkacha.
Endi bu ogʻirlik boshqacha, Internetning eng kichik oʻlchov birligi hisoblanadigan bitlarni shunchaki kodlash usulida hisoblansa-chi?
2018-yilgi tahlillarga koʻra, 2025-yilga borib internetning maʼlumotlar sohasi 175 zettabayt yoki 1,65 x 1024 bitga yetishi taxmin qilingan.
Xoʻsh, mana shu maʼlumotlar inson DNKga saqlanadigan boʻlsa, nima boʻladi? 1 gr inson DNKsi 215 petabayt yoki 215 x 1015 bayt maʼlumotni kodlashi mumkin.
Agar Inson DNKsiga Internetning umumiy maʼlumotlar bazasi kodlansa, jami 960 kg 947 gr vazn kerak boʻladi. Bu esa qariyb 10 nafar odam ogʻirligi degani.
Qulupnayga kelsak, hozirda Internetning umumiy ogʻirligi 64 tonna qulupnayga toʻgʻri keladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q