
Iqtisod
Yangi tadbirkorlik faoliyatia ilk bor maʼmuriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkorlar “birinchi imkoniyat” tamoyili asosida javobgarlikdan ozod qilinib, kamchilikni bartaraf etishlari uchun imkoniyat beriladi. Bu haqda 19-mart kuni Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.
Uchrashuvda yangi tadbirkorlar “oyoqqa turib olishi” uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi. Qayd etilishicha, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada boʻlgan.
“Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qoʻyganlar uchun “birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etiladi. Yaʼni, ilk bor maʼmuriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi. Bir soʻz bilan aytganda, yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi”, - dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q