
Iqtisod
Bugun, 13-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash – bu bizning strategik yoʻlimiz! Tadbirkorlik qancha tez rivojlansa, mamlakatimiz shuncha qudratli boʻladi, xalqimiz shuncha farovon yashaydi. Dekabr oyidagi “ochiq muloqot”da asosan yirik tadbirkorlar bilan gaplashib, keyingi rejalarni belgilab oldik. Bugun kichik va oʻrta biznesda tez oʻsayotgan tadbirkorlarga koʻmak berib, ularni ham “chempion”ga aylantirish uchun nima qilish kerak, degan savolga sizlar bilan birgalikda javob topishimiz zarur”, - dedi Prezident uchrashuvdagi soʻz avvalida.
Kichik va oʻrta biznes ish oʻrni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qoʻshilgan qiymat va eksportni koʻpaytirishga eng katta turtki berayotgan yoʻnalishga aylangani taʼkidlanib, sharoitlar hisobiga kichik va oʻrta tadbirkorlar soni besh yilda 2 karra koʻpaygani qayd etildi. Ularda 10,5 million odam daromad topib, roʻzgʻor tebratayotgani taʼkidlandi.
Prezident shuningdek, 2025-yil uchun sohadagi asosiy maqsad va vazifalarga toʻxtaldi.
- kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55 foizga koʻtarib, 70 milliard dollarlik qoʻshilgan qiymat yaratish;
- yangi bozorlarga kirib borishda transport, sertifikat va standart masalalariga koʻmaklashib, kichik biznes eksportini oʻtgan yilgi 9 milliarddan 12 milliard dollarga olib chiqish;
- ichimlik suvi, kanalizatsiya, yoʻl, qurilish, kommunal xoʻjalik, yetkazib berish, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini 2-3 karra oshirish;
- 1,5 million doimiy ish oʻrni tashkil qilib, sohada band aholi ulushini 75 foizga yetkazish;
- 100 nafardan koʻp ishchisi bor korxonalarni 4 mingtaga olib chiqish;
- kichik biznesda yangi 100 ta brend mahsulot chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
- kichik biznes ishtirokida 200 ta startap loyihalarni moliyalashtirish kabi vazifalar belgilab olindi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q