Madaniyat
Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni konsertlarda fonogrammadan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.
Hujjatda jonli ijro san’atini rivojlantirishda Madaniyat vazirligining vakolatlarini aniqlashtiruvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan. Xususan, konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanishning turli darajalari belgilanishi qayd etilgan.
Qonunchilikda shuningdek, qo‘shiq va boshqa musiqiy asarlarini ijro etishning quyidagi usullari nazarda tutiladi:
Fonogrammadan foydalanish darajasi haqidagi ma’lumotlar tadbir reklamasida ko‘rsatilishi kerak. Bu boʻyicha “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi va “Reklama to‘g‘risida"gi qonunlarga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda. Konsert dasturida barcha asarlarning ijrochilari va mualliflarini ko‘rsatish talab etiladi. Qonun rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng darhol kuchga kiradi.
Ushbu qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi qayd etilgan.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112364
Jamiyat
95028
Jamiyat
91221
Jamiyat
75932
Jamiyat
//
Izoh yo‘q