
Iqtisod
Afgʻonistonning Mozori Sharif shahrida Oʻzbekiston savdo uyi ochilmoqda, Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, ushbu savdo uyi 220 kvadrat metr maydonda joylashgan boʻlib, tadbirkorlarga mahsulotlarini Afgʻoniston bozoriga chiqarish, hamkorlar topish va eksportni kengaytirish uchun qulay platforma yaratadi. Unda farmatsevtika, elektrotexnika va qurilish materiallari uchun doimiy faoliyat yurituvchi shourum va omborxona mavjud.
Tashrif doirasida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov savdo uyidan tashqari, Afgʻonistonning Baglan viloyatidagi Nasaji Textile Factory toʻqimachilik fabrikasida ham boʻldi va qoʻshma kooperatsiya, eksport va import masalalarini muhokama qildi.
Nasaji Textile Factory — Afgʻonistonning eng yirik va qadimiy toʻqimachilik korxonalaridan biri boʻlib, paxtadan ip-kalava, gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ayni paytda fabrikada 350 dan ortiq xodim ishlamoqda va ishlab chiqarish hajmi bosqichma-bosqich oshirilmoqda. Fabrika mahalliy bozor bilan birga xalqaro eksportga ham yoʻnaltirilgan.
Uchrashuv davomida fabrika bilan qoʻshma kooperatsiya yoʻlga qoʻyilishi, oʻzaro tajriba almashish va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tayyor va yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilish, shuningdek, paxta tolasi va ip-kalavani Oʻzbekistonga import qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va shakar sanoatidagi savdo-sotiq aloqalarini kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q