Siyosat
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi joriy yil 31 dekabrdan boshlab Internetdagi regulation.gov.uz, 2022-2026.strategy.uz va jamoatchilik.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasi:
*inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
*mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
*milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;
*adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
*ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;
*umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;
*mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishdagi masalalarni qamrab oladi.
Loyihada Davlat Rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi va saylovoldi dasturida ilgari surilgan tashabbuslar aks ettirilgan.
Muhokamalar davomida davlat organlari mas’ul xodimlari, tegishli soha mutaxassislari, ilmiy doira vakillari hamda mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida konferensiya va davra suhbatlari tashkil etiladi.
Fuqarolar Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarini Internetdagi regulation.gov.uz, 2022-2026.strategy.uz va jamoatchilik.uz portallari orqali yuborishlari mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q