Bayram munosabati bilan Prezident bir qator xotin-qizlarni taqdirladi

Saqlash
20:16 / 04.03.2025 592 0

Prezidentning “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan bir qator xotin-qizlar xotin-qizlar mukofotlandi.

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abilova Aygul Tursunovna — Konimex tumani obodonlashtirish boshqarmasi farroshi, Navoiy viloyati;

 

Gaziyeva Lyubov Borisovna — “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi boʻlim mutaxassisi;

 

Gaibnazarova Nodira Baxodirjanovna — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mehnatni muhofaza qilish boʻlimi mudiri;

 

Jamolova Dilnoza Muyidinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining oʻrinbosari;

 

Kozixonova Orzigul Muydinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi;

 

Kunnazarova Bibisara Kalmuratovna — “Hunarmand” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi aʼzosi, oʻtov jihozlari toʻquvchisi;

 

Mamadiyarova Nasibali Ablakulovna — Bulungʻur tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Samarqand viloyati;

 

Mambetniyazova Gulzar Sherniyazovna — Chimboy tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

 

Minayeva Gulnara Akramovna — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻzvagontaʼmir” aksiyadorlik jamiyati Samarqand vagon deposi sex katta ustasi, Samarqand viloyati;

 

Mirzayeva Xabiba Babayevna — Oqoltin tumanidagi “Oltin meros” folklor ansambli aʼzosi, “Eʼzozli ayollar” sport toʻgaragi rahbari, Sirdaryo viloyati;

 

Musurmanova Aynisa — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari;

 

Rabotneva Larisa Aleksandrovna — “Uzbekistan Airways Technics” masʼuliyati cheklangan jamiyatining gʻarbda ishlab chiqarilgan samolyotlar sifatini taʼminlash xizmati muhandisi;

 

Salixova Mavlida Nazrullayevna — Buxoro viloyati “Oydin Nur” oilani ijtimoiy himoyalash markazi eksperti;

 

Sultonova Xubon Toyirovna — Buxoro tumanidagi “Qavola Mahmud” mahalla fuqarolar yigʻinining “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, Buxoro viloyati;

 

Tojibayeva Sanobarxon Uktamovna — Chust tumanidagi “Chust Oʻktamjon servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati;

 

Tursunkulova Djamilya Shamsiyevna — “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining zoldir prokatlash boʻlinmasi kran mashinisti, Toshkent viloyati;

 

Shomuratova Oygul Jabborovna — Termiz tumani obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi, Surxondaryo viloyati;

 

Elboyeva Klara Choʻliyevna — Nishon tumanidagi “Nishon qorakoʻlchilik” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh choʻponi, Qashqadaryo viloyati;

 

Yuldashova Mehri Artiqovna — Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Qashqadaryo viloyati.

 

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Adxamjonova Mavludaxon Xamzayevna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi;

 

Axmedova Soraxon Tolipjanovna — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining maʼmuriy huquq kafedrasi professori;

 

Kamolova Istat Shukurovna — Gʻijduvon tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Buxoro viloyati;

 

Negmatova Xalima Utabovna — Jizzax shahar hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Jizzax viloyati;

 

Saidova Dilfuza Eshkulovna — Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Jizzax viloyati;

 

Soliyeva Uktamxon Qozoqovna — Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi, shoira, Fargʻona viloyati;

 

Sultanova Dilshoda Namazovna — Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining sanʼat kafedrasi professori, Samarqand viloyati;

 

Tojibayeva Nargiza Keldibekovna — Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi;

 

Xilvatullayeva Zaripa Abdunazarovna — Piskent tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Toshkent viloyati;

 

Xusenova Nasiba Ismatovna -Karmana tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Navoiy viloyati.

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Abduraxmanova Faridaxon Nasirdinovna — Andijon viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining anesteziolog-reanimatologi;

 

Lyaksheva Galina Petrovna — Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-Markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hudud hamshirasi;

 

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Allayarova Dilfuza Mirjalilovna — Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili fani oʻqituvchisi, marafon yuguruvchisi, Toshkent viloyati;

 

Ismoilova Dildora Oʻktamovna — Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Sherzodbek shifo klinikasi” oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati;

 

Polvonova Luftiniso Bobosharifovna — Rishton tumanidagi “Choʻngʻara Zilol” oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Fargʻona viloyati;

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Tursunova Navbaxor Eshmurodovna — Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudining raisi, Samarqand viloyati;

 

Xayitova Sayyora Nomozboyevna — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Yakkasaroy tumani qoʻriqlash boʻlimi guruh komandiri, Toshkent shahri.

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Yoqubjonova Shaxnoza Toʻlqinjon qizi — Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi magistranti;

 

Fayzullayeva Madina Xikmatillayevna — “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.

 

“Shuhrat” medali bilan

Abduvaliyeva Sanobar Sultonovna — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Angren kon boshqarmasi “Koʻchbuloq” shaxtasi kompressor qurilmalari mashinisti, Toshkent viloyati;

 

Abdullayeva Ozoda Safibullayevna — Namangan muhandislik-qurilish institutining sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani, Namangan viloyati;

 

Abdusalamova Farogʻat Sunnatulla qizi — Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri xor jamoasi rahbari;

 

Azizova Gulbaxor Nazrullayevna — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Bahor Deco” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri;

 

Aitbayeva Zamira Joldashovna — Nukus shahridagi “Nauqan bagʻ” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

 

Akramova Mashxura Zafarjon qizi — Quvasoy shahridagi “Ellycardin Tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Fargʻona viloyati;

 

Aripova Maktuba Kabulovna — Uchtepa tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Toshkent shahri;

 

Bobomurotova Gulrux Umarovna — Nurota tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Navoiy viloyati;

 

Boyeva Fotima Saloxiddinovna — Parkent tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Toshkent viloyati;

 

Dexkanova Nargiza Akbarovna — Andijon shahar hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Andijon viloyati;

 

Yorkulova Marziya Fayziyevna — Paxtachi tumani “Urganji” mahalla fuqarolar yigʻinidagi kutubxona rahbari, Samarqand viloyati;

 

Joʻrayeva Ozoda Hasanovna — Denov tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi rahbari, Surxondaryo viloyati;

 

Yoʻldasheva Mahliyo Norpoʻlatovna — Gʻuzor tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Qashqadaryo viloyati;

 

Kamoldinova Mukaramxon Usmanovna — Andijon shahridagi “Auto Rubber” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yigʻuv liniyasi ustasi, Andijon viloyati;

 

Karimova Shahnoza Yandashovna — Navoiy shahridagi “Baraka Non Navoiy” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati;

 

Karshibayeva Gulchexra Shodmonkulovna — Boyovut tumanidagi “Bolgʻali Qilich aka” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati;

 

Komilova Saodat Yusupjonovna — Jizzax shahri telekommunikatsiya bogʻlamasi telegraf elektr montyori, Jizzax viloyati;

 

Qorayeva Dilnavoz Kumakovna — Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati;

 

Qoʻchqorova Barno Ibodullayevna — Yangiariq tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Xorazm viloyati;

 

Mamatqulova Zinnat Mamatqulovna -Yangiobod tumanidagi “Yangiobod agropillasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Jizzax viloyati;

 

Matchonova Muhabbat Madirimovna — Xiva tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi kichik tibbiy xodimi, Xorazm viloyati;

 

Mirzayeva Mexriya Shabobayevna — Vobkent tumanidagi “Sariosiyo” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Buxoro viloyati;

 

Nabiyeva Dilrabo Ibragimovna — Davlatobod tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Namangan viloyati;

 

Ravshanova Farida Fayzullayevna — Jarqoʻrgʻon tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati;

 

Ruziyeva Irodabonu Kaxramon qizi — “Navoiyuran” davlat korxonasining Uran ishlab chiqarish zavodi texnologik laboratoriyasi kimyoviy tahlil laboranti, Navoiy viloyati;

 

Yuldasheva Maryam Abduxalimovna — Qoʻshtepa tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Fargʻona viloyati;

 

Tojixonova Gavxaroy Axunjanovna — Marhamat tumani “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi, Andijon viloyati;

 

Toshpulatova Qizlarxon Eshboyevna — Shoʻrchi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi-usta, Surxondaryo viloyati;

 

Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktorining birinchi oʻrinbosari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//