
Jamiyat
Prezident qarori bilan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytirilishi belgilandi.
Jumladan, Prezidentning ayrim qarorlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, 2025-yil 1-martdan harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiriladi.
1-iyundan esa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratish koʻrsatkichlari asosida uy-joy bilan taʼminlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilarga turarjoy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilanadi.
Bundan tashqari, Prezidentining 2005-yil 30-iyundagi PQ–112-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan Qurolli Kuchlarning kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari quyidagicha tartibda toʻlanadi:
▪️ Toshkent shahrida – BHMning 4,8 baravarigacha miqdorda;
▪️ Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha miqdorda;
▪️ boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – BHMning 2,4 baravarigacha miqdorda.
Mazkur tartib 2025-yil 1-martdan yil yakunigacha amal qiladi.
Shuningdek, oila aʼzolari 3 kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
Hujjatda keltirilishicha, 2026-yildan har yili har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda, Hukumat qarori bilan belgilab boriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q