
Ilm-fan
Foto: Gazeta
2013-yil oxirida Stack Exchange saytining matematika forumida paydo boʻlib, ikki yil davomida murakkab matematik savollarga toʻgʻri javob berib kelgan Kleo (Cleo) taxallusi bilan ataluvchi foydalanuvchining allaqachon forum foydalanuvchilari orasida afsonaga aylanib ulgurgan. U yechim qanday kelib chiqishiga izoh keltirmasdi.
Oʻsha yillari mazkur profil maʼlumotlariga foydalanuvchi ayol ekani haqida tafsilot qoʻshilgan edi.
2014−2015-yillarda forum ishtirokchilarini hayratda qoldirgan daho matematik shundan soʻng gʻoyib boʻlgan.
2015-yil boshida yangilangan maʼlumotlarda profil egasi shunday yozgan edi(u hali ham oʻzgargani yoʻq):
“Mening haqiqiy ismim Kleo, ayol kishiman. Menda shunday kasallik borki, munozaralarda qatnashish yoki uzun javoblar yozish menga qiyinchilik tugʻdiradi, buning uchun meni maʼzur tuting. Men matematikani sevaman va bu saytda, javoblarim hammaga ham foydali boʻlmasligi mumkinligini tushungan holda, foydam tegishi uchun bor imkoniyatimni ishga solaman”.
Forum ishtirokchilari oʻn yildan ortiq vaqt davomida ushbu profil ortida kim yashiringanini aniqlashga urindi va yakunda (2025-yilning boshiga kelibgina) hisobni AQShda istiqomat qiluvchi oʻzbekistonlik dasturchi Vladimir Reshetnikov yaratgani maʼlum boʻldi.
Xabarda yozilishicha, atigi ikki yil ichida Kleo murakkab matematik masalalarga 39 ta javob eʼlon qilgan, eng oxirgisi esa — 2015-yil 31-dekabrda.
Ularning barchasi toʻgʻri va tez berilgan edi, lekin foydalanuvchi masalalarni qanday usulda yechganini tushuntirmagan. Baʼzi hollarda javobning toʻgʻriligini hamjamiyatning boshqa aʼzolari isbotlagan.
Vladimir Reshetnikovning soʻzlariga koʻra, u 45 yoshda. Uning GitHub'dagi hisobida havola qilingan LinkedIn profilida toʻqsoninchi yillar oxirida Oʻzbekiston Milliy universitetida nazariy fizika yoʻnalishida tahsil olgani koʻrsatilgan. Reshetnikov bir necha yil Toshkentda dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchisi boʻlib faoliyat yuritgan, shundan soʻng avvaliga Rossiyaga, keyin esa AQShga koʻchib oʻtgan. Uning hozirgi kundagi ish joyi koʻrsatilmagan, lekin oʻtmishda u turli vaqtlarda (jami sakkiz yildan ortiq) Microsoft korporatsiyasida ishlagan. Shu jumladan, Kleoning profili faol boʻlgan davrda ham.
U nega sirli matematik ayol obrazini yaratishga qaror qilganini oʻzining savollari va muhokama qilishni taklif etgan matematik masalalari forum ishtirokchilarining eʼtiborini tortmaganligi bilan izohlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q