
Jamiyat
Prezidentning 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–26-sonli farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan joriy yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangan boʻlib, ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar soni oʻtgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratiladi.
Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishda arizalar qabuli (tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlari doirasida) 2025-yilning 3-martida, soat 09:00 da boshlanadi.
Bunda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida ushbu havola orqali mustaqil ravishda ariza topshirishi mumkin.
Ariza beruvchi va/yoki uning yaqin qarindoshlarining (bunda, yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilgan hollarda) oʻrtacha daromad miqdori quyidagicha boʻlishi zarurligi eslatib oʻtiladi:
▪️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 8 baravarigacha (9 mln 240 ming soʻm);
▪️ Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 9,2 baravarigacha (10 mln 626 ming soʻmgacha).
Maʼlumot uchun, ushbu jarayonda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud boʻlmasligi lozim.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q